08 mar 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 248. Engilmas UFC jangchisi ikki yillik tanaffusdan so'ng ajoyib qaytish qildi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 248 turniri bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina engilmas UFC jangchisi SHon O'Melli (10-0) ikki yillik tanaffusdan so'ng ilk jangini Xosi Alberto Kinonesga qarshi o'tkazdi. Uch raundga mo'ljallangan bahs atigi ikki daqiqa davom etdi.
SHonning birin-ketin kuchli zarbalari natijasida hakam uchrashuvni to'xtatishga qaror qildi va engilmas jangchi ikki yillik tanaffusdan so'ng yana g'alaba qozonishga erishdi.
Malumot uchun, Mustaqil antidoping agentligi (USADA) SHon O'Mellini ikki yilga UFCdan chetlatgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar