16 avg 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 252. O'Melli kutilmaganda nokautga uchradi + FOTO
Las-Vegas shahrida UFC 252 turniri o'tkazilmoqda.
Kechaning asosiy kardi doirasida promoushen yulduzlaridan biri SHon O'Melli Marlon Veraga qarshi jang qildi.
To'qnashuvning birinchi raundida O'Melli jarohat oldi. SHunday bo'lsada, u jangni davom ettirdi. Biroq bu uzoqqa cho'zilmadi va Vera raqibini yotqizib olgan holda zarbalar seriyasini uyushtirdi. Ushbu vaziyatda hakamlar jangni to'xtatishdi.
SHu tariqa, O'Melli kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar