16 fev 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 258. Kamaru Usman Bernsdan ikki barobar ko'p gonorar oldi
Xabaringiz bor, o'tgan dam olish kuni navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
UFC 258 kechasining markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman Gilbert Bernsga qarshi jang qilib, raqibini uchinchi raundda nokaut qilishga erishdi. Bugun UFC matbuot xizmati kecha ishtirokchilari qancha ishlab olishganini elon qildi. Markaziy jang g'olibi Kamaru Usman 690 ming dollarga ega bo'ldi.
Uning raqibi esa undan salkam ikki barobar kam - 380 ming dollar ishlab oldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar