26 sen 08:46
Yangiliklar

UFC 266. Bleyds - Rozenstrayk jangi to'liq davom etdi FOTOGALEREYA
Biroz avval UFC 266 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan og'ir vaznlilar jangi yakunlandi. Unda amerikalik 30 yoshli Kyortis Bleyds Surinam vakili, 33 yashar Jairzino Rozenstraykka qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar Bleydsning g'alabasini taminlashdi — 30-27, 30-27, 30-27.
Bu amerikalik jangchi uchun UFC promousheni faoliyatidagi o'ninchi g'alabasi bo'ldi. Bleydsning hisobida yana 3 ta mag'lubiyat ham bor. Rozenstrayk esa bugun uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. UFC oktagonida erishgan g'alabalari 9 tagicha qoldi.
Eslatib o'tamiz, oqshomning markaziy jangida Aleksandr Volkanovski va Brayan Ortega o'zaro to'qnash kelishadi. Ushbu jang yarim engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechadi. Anderkard jangda esa engil vaznda UFC chempioni, qirg'izistonlik Valentina SHevchenko amerikalik Loren Myorfidan kamarini himoya qiladi. Bu Valentina uchun oltinchi himoya jangi bo'ladi.
Fikrlar