29 avg 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 308. Nursulton Ro'ziboev bilan bir oqshomda Qirg'iz vakili ham jang qiladi
26 yoshli qirg'izistonlik aralash yakka kurash ustasi Miktibek Orolbayning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
U 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida (BAA) tashkil etiladigan UFC 308 turnirida ishtirok etadi.
O'sha kuni Orolbayga Polsha vakili Mateush Rebecki raqiblik qiladi.
Musobaqaning markaziy jangi yarim engil vazn chempioni Iliya Topuriya hamda Maks Xollouey o'rtasida kechadi. Ahamiyatlisi, turnir doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev tataristonlik Rinat Faxretdinov bilan jang qiladi.
Bu Orolbay uchun UFC'dagi uchinchi jangga aylanadi. U bundan avvalgi ikkita jangida g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar