08 dek 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 310 turniri bonuslari kimlarga nasib etdi?
Bugun AQSHning Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena" majmuasida UFC 310 turniri o'tkazildi.
Musobaqaning markaziy jangida braziliyalik chempion (57 kg) Aleksandr Pantoja UFC'ning yaponiyalik debyutanti Kay Asakurani ikkinchi raundda sabmishen orqai taslim etdi. Pantoja bu orqali "eng yaxshi ishtiroki" uchun kafolatlangan gonorardan tashqari 50 ming AQSH dollari miqdorida bonusni qo'lga kiritdi.
Bundan tashqari, Visente Lyuke, Kennedi Nzechakvu va CHeys Xuper ham shu turdagi bonusga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar