19 jan 06:54
Yangiliklar
UFC 311: Bogdan Guskov ishtirokidagi jang muddatidan oldin tugadi
Unga UFC debyutanti Billi Elekana raqib bo'ldi.
3 raundlik bahs ikkinchi raund davom etayotgan bir pallada muddatidan oldin yakuniga etdi. Bogdanning bo'g'ish usuli tufayli Elekana jangni davom ettira olmadi.
Qizig'i, Bogdan ilk raundning oxirida ham raqibini bo'g'ish usuliga tushirdi va Elekana bu vaziyatda mag'lubiyatni tan oldi, biroq hakam buni ilg'amay qoldi.
Aslida, yarim og'ir vazn toifasi reytingida 13-o'rinni egallab turgan hamyurtimizga UFC 311 doirasida sobiq jamoadoshi Jonni Uoker raqiblik qilishi kerak edi, biroq u jarohat tufayli jangdan chiqdi.
Angrenda (Toshkent viloyati) tug'ilgan 32 yoshli hamyurtimiz bugungi turnir orqali professional faoliyatidagi 20-jangida o'zining 17-g'alabasini nishonladi.
29 yoshli Billi Elekana uchun esa debyut omadsiz kechdi. Endi uning hisobida 7 ta g'alabasidan tashqari 2 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar