19 jan 05:55
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 311. Tojikistonlik Muin Gafurov yaponiyalik sportchiga ilk mag'lubiyatni sovg'a qildi
Kaliforniyada (AQSH) start olgan UFC 311 turnirining yana bir jangi ortda qoldi.
Prelim kard doirasida tashkil etilgan bahsda tojikistonlik Muin Gafurov Yaponiya vakili Rinya Nakamuraga (9-1) qarshi oktagonga ko'tarildi.
Eng engil vazn toifasida tashkil etilgan 3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda Gafurov hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
28 yoshli Muin Gafurov faoliyatidagi 26-jangida 20-g'alabasini tantana qildi. Nakamura esa bugun karerasidagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar