08 mar 12:22
Yangiliklar

UFC 313 turnirining barcha tarozi natijalari + FOTO
UFC 313 turniri jangchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra hamda rossiyalik davogar Magomed Ankalaev o'rtasida bo'lib o'tadi. Ikkala jangchi ham tarozida bir xil vazn qayd etdi.
Turnirning ko-meynivent jangi engil vazn toifasi vakillari - ozarbayjonlik Rafael Fiziev hamda amerikalik Jastin Getji o'rtasida o'tkaziladi. Bu ikki aralash yakkakurash ustasi ham bir xil vaznda ko'rsatdi - 70,8 kg. Barcha jangchilar belgilangan vazn meyorini bajargan.
UFC 313 turniri tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Aleks Pereyra (93 kg) – Magomed Ankalaev (93 kg)
Rafael Fiziev (70.8 kg) – Jastin Getji (70.8 kg)
Ignasio Baxamondes (70.8 kg) – Jelin Terner (70.1 kg)
Amanda Lemos (52.6 kg) – Yasmin Lusindo (52.4 kg)
King Grin (70.5 kg) – Maurisio Ruffi (70.5 kg)
Prelim kard janglari
Kertis Bleyds (118.8 kg) – Rizvan Kuneev (120 kg)
Ri Curuya (56.9 kg) – Joshua Van (56.9 kg)
Bruno Ferreyra (84.4 kg) – Armen Petrosyan (84.4 kg)
Karlos Lil Miranda (76.7 kg) – Aleks Morono (77.5 kg)
Erta prelim kard janglari
Frensis Marshall (66.2 kg) – Mayron Santos (66 kg)
Jon Kastaneda (65.8 kg) – Kris Gutierres (65,5 kg)
Ozzi Dias (84.1 kg) – Jorden Santos (84.1 kg)
Fikrlar