03 mar 11:09
Yangiliklar

UFC 313 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi
Tashkilotchilar UFC 313 turnirining to'liq kardini tasdiqlashdi. Oqshomdan jami 12 ta jang o'rin olgan. Faqat prelim kardning bitta jangida Kris Guterresning raqibi nomalum bo'lib turibdi.
Turnirning asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Besh raundlik chempionlik jangida braziliyalik Aleks Pereyra rossiyalik davogar Magomed Ankalaevdan UFC kamarini himoya qiladi. Oqshomning co main-event jangida engil vazn toifasi vakillari amerikalik Jastin Getji hamda ozarbayjonlik Rafael Fiziev o'zaro to'qnash keladi.
UFC 313 turnirining to'liq kardi:
Asosiy kard
Aleks Pereyra – Magomed Ankalaev
Jastin Getji – Rafael Fiziev
Jalin Tyorner – Ignasio Baxamondes
Amanda Lemos – Yasmin Lusindo
Bobbi Grin – Maurisio Ruffi
Prelim kard
Kyortis Bleyds – Rizvan Kuniev
Rei Curuya – Joshua Van
Mayron Santos – Frensis Marshall
Aleks Morono – Karlos Lil
Armen Petrosyan – Brunno Ferreyra
Kris Guterres – TVA
Ribeyru dos Santos – Osman Dias
Fikrlar