11 apr 11:12
Yangiliklar

UFC 314 turnirining asosiy jangi ishtirokchilari yuzma-yuz kelishdi + FOTO
Oqshomning asosiy jangi yarimengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski hamda reytingning uchinchi pog'onasida borayotgan braziliyalik Diego Lopes o'rtasida bo'lib o'tadi. Jang Iliya Topuriya vakant, yani egasiz qoldirgan chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Bugun tong saharda UFC 314 turniri ishtirokchilari ishtirokida rasmiy matbuot anjumani hamda face to face marosimi tashkil etildi. Volkanovski o'tgan yilning 18 fevral kuni Anaxaymda o'tgan UFC 298 turnirida aynan Topuriyaga imkoniyatni boy bergandi. "Matador" ikkinchi raundda Yashil qita vakilini nokautga uchratgan edi. Bu Aleksandr uchun ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'lgandi.
Diego Lopes esa beshta g'alabali seriya bilan kelmoqda. U so'nggi jangini o'tgan yilning 15 sentyabr kuni Las-Vegas shahridagi mashhur "Sfera"da tashkil etilgan UFC 306 turniri doirasida amerikalik Brayan Ortegaga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Fikrlar