25 jan 12:56
Yangiliklar
UFC 324 turniri bonuslari deyarli yarim million dollarni tashkil etdi
Engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang ishtirokchilari Jastin Getji va Peddi Pimblett "Oqshomning eng yaxshi jangi" uchun haqli ravishda har birlari 100 ming dollardan olishdi. "Oqshom namoyishi" uchun bonuslar esa Tay Miller va Josh Xokitga nasib etdi, ularning har ikkisi raqiblarini birinchi raunddayoq mag'lub etishdi.
Bundan tashqari, muddatidan oldin g'alaba qozongan Valdo Kortes-Akosta va Nikita Krilov 25 ming dollardan bonusga ega bo'ldi. CHarlz Jonsonni birinchi raunddayoq to'xtatgan Aleks Peres esa vazn qila olmagani tufayli mukofot pulisiz qoldi.
Qo'shimcha to'lovlarning umumiy miqdori 450 ming dollarni tashkil etdi. Musobaqa bonuslari ikki baravar ko'paytirilgani va muddatidan oldin g'alaba qozonganlar uchun bonuslar joriy etilgani haqida biroz avval xabar bergan edik.

Fikrlar