02 dek 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 324 turniridan o'rin olgan yana bir jang malum bo'ldi
Kelasi yilning 25 yanvar sanasida AQSHning Las-Vegas shahri MMA bo'yicha UFC 324 musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Musobaqadan o'rin olgan yana bir jang malum bo'ldi.
Unga ko'ra, yarim engil vazn toifasida UFC reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan angliyalik 31 yoshli Arnold Allen (20-3) UFC 324 turniri doirasida 28 yashar Braziliya vakili Jan Silva (16-3) bilan to'qnash keladi. Silva hozirda tashkilot reytingida 11-pog'onani band etib turibdi.
Malumot uchun, UFC 324 musobaqasining markaziy bahsi amerikalik Jastin Getji va angliyalik Peddi Pimblett o'rtasida engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.

Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar