28 noy 07:23
Yangiliklar
UFC 324 turnirining asosiy jangi elon qilindi - kamar uchun! + POSTER
Unda amerikalik Jastin Getji britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu 24 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirining asosiy jangiga aylanadi.
Jahonning eng kuchli Ligasi engil vaznning amaldagi chempioni Iliya Topuriyaning shaxsiy hayotidagi echimini kutayotgan muammo tufayli o'z faoliyatini vaqtincha to'xtatayotganini elon qilganidan ko'p o'tmay, ushbu jang haqida rasman elon qildi.
Peddi Pimblett joriy yilning aprel oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Maykl CHendlerni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgandi. Britaniyalik bu bilan g'alabali seriyasini ettita jangga etkazib olgandi.
Jastin Getji esa o'tgan yilning aprel oyida BMF kamarini boy bergan edi. U beshinchi raundda Maks Xolloueyga nokaut bilan yutqazgandi. SHundan keyin Jastin shu yilning mart oyida hakamlarning yakdil qarori Rafael Fizievni mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, ayni paytda Jastin Getji engil vazn toifasi UFC reytingida to'rtinchi, Peddi Pimblett esa beshinchi o'rinni egallab turibdi. G'olib Iliya Topuriyaning chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi.

Fikrlar