15 jan 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 324 turnirining asosiy kardiga o'zgarish kiritildi
25 yanvar tongida UFC 2026 yildagi ilk turnirini tashkil etadi.
Bugun tongda musobaqa asosiy kardidan o'rin olgan Kayla Xarrison va Amanda Nunes jangi bekor bo'lgani haqida xabar berildi.
Tashkilotning aniqlik kiritishicha, endilikda dastlab, prelim karddan joy olgan Rouz Namayunas va Nataliya Silva o'rtasida bellashuv UFC 324 asosiy kardida o'tkaziladi.
Malumot uchun, musobaqaning asosiy jangi amerikalik Jastin Getji va Angliya vakili Peddi Pimblett o'rtasida engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar