So’nggi yangiliklar

12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0 09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 08:59"Башакшеҳир" ўйиннинг сўнгги дақиқаларида ғалабани қўлдан чиқарди, Шомуродов яна гол урди 0 08:28Забит Магомедшарипов етти йиллик танаффусдан сўнг илк ғалабасини қўлга киритди 0 08:01US Open 2026. Камилла Раҳимова илк даврада дунёнинг 29-ракеткасини таслим этди 0 20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0

25 jan 11:32
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 324 turnirining barcha natijalari bitta xabarda: Getji ikkinchi bor vaqtinchalik chempion!

Biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da 2026 yilning ilk raqamlangan UFC turniri yakuniga etdi.

Bitta jangi bekor qilingan UFC 324 turnirining 5 ta bahsi muddatidan avval to'xtatildi. Bu turnirda nisbatan kamroq finishlar kuzatildi. Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida Jastin Getji hamda britaniyalik Peddi Pimblett o'rtasida o'tkazilib, amerikalik aralash yakkakurash ustasining g'alabasi bilan yakunlandi. Hakamlarning qarori yakdil bo'ldi: 48-47, 49-46, 49-46.

SHu tariqa, Jastin Getji faoliyatida ikkinchi bor engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Ushbu kamarning to'laqonli egasi Iliya Topuriya oilaviy muammolari sabab tatilga chiqqan. 

UFC 324 turnirining co-main event jangida o'ta engil vaznda sobiq UFC chempioni SHon O’Melli xitoylik Song Yadongni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Jang yakunlanganidan so'ng SHon divizion chempioni rossiyalik Petr Yanga "vyzov" tashladi.

Ahamiyati va muhimligi jihatidan uchinchi jangda dominikanlik og'ir vazn toifasi vakili Valdo Kortes-Akosta ketma-ket uchinchi nokautli g'alabasini tantana qildi. U ikkinchi raundda amerikalik Derrik Lyuisni taslim etdi.

Asosiy kardni ochib bergan yarim engil vazn toifasi vakillari Arnold Allen va Jin Silva o'rtasidagi jangda braziliyalik aralash yakkakurash ustasi britaniyalik raqibini hakamlarning yakdil (30-27, 29-28, 29-28) qarori bilan mag'lub etdi.

Prelim kardni yopib bergan jang esa o'ta engil vazn toifasida tashkil etildi. Unda rossiyalik Umar Nurmagomedov sobiq chempion Deyveson Figeredoga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Umar 30-27, 30-27, 30-27 hisoblarida zafar quchdi. 


UFC 324 turnirining barcha natijalari:

Jastin Getji Peddi Pimblettni hakamlarning yakdil qarori evaziga engdi (48-47, 49-46, 49-46)

SHon O’Melli Song Yadongni ochkolar hisobi bilan yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Valdo Kortes-Akosta Derrik Lyuisni texnik nokautga uchratdi (zarba) – 2-raund, vaqti 3:14

Nataliya Silva sobiq UFC chempioni Rouz Namayunasni hakamlar qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Jin Silva Arnold Allendan ochkolar bo'yicha ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28)


Prelim kard janglari:

Umar Nurmagomedov Deyveson Figeredoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)

Ateba Gote Andrey Pulyaevni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (30-27, 29-28, 29-28)

Nikita Krilov Modestas Bukauskasni nokaut (zarba) qildi – 3-raund, 4:57

Aleks Perez CHarlz Jonsonni texnik nokaut (zarba) evaziga yutdi – 1-raund, 3:16


Erta prelim kard janglari:

Josh Xokit Denzel Frimenni texnik nokautga uchratdi (jangni davom ettira olmadi) – 1-raund, 4:59

Tay Miller Adam Fugittni texnik nokaut (tizza bilan zarba) qildi – 1-raund, 4:59

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing