21 jan 18:12
Yangiliklar
UFC 324 turnirining media tadbirlari boshlandi (FOTO)
Oqshomning asosiy jangi engil vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun kechadi. Unda amerikalik Jastin Getji britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi oktagonga chiqadi. Ular mos ravishda engil divizion reytingida to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni band etishgan.
Turnirning co-main event jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq chempion SHon O’Melli (reytingda 3-o'rin) hamda xitoylik Sun Yadun (reytingda 5-o'rin) o'rtasida o'tkaziladi. Aslida co-main event jangi ayollar o'rtasida UFC chempioni Kayla Xarrison hamda ikki vaznda sobiq tashkilot chempioni Amanda Nunes o'rtasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo Xarrisonning jarohati sabab jang bekor qilindi va SHon O`Melli ishtirokidagi jang ahamiyati jihatidan ikkinchi to'qnashuvga aylandi.
Sportchilar musobaqa oldidan rasmiy media tadbirlarda ishtirok etishni boshlashdi.












Fikrlar