25 jan 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 324. Yilning ilk chempionlik jangida Getji g'alabaga erishdi
Las-Vegas shahrida yilning ilk UFC turniri - UFC 324 bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida amerikalik Jastin Getji Britaniya vakili Peddi Pimblettga qarshi to'qnash keldi.
Ushbu jang engil vazn toifasining vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo'lib o'tdi.
5 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Jastin Getji ochkolar evaziga (49-46, 49-46, 48-47) g'alaba qozondi.
Bu orqali Getji engil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi.
Endi u katta ehtimol bilan engil vaznning to'laqonli chempioni Iliya Topuriyaga qarshi oktagonga ko'tariladi.





Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar