30 jan 15:46
Yangiliklar
UFC 325 turniri ishtirokchilari vazn o'lchashdan o'tib olishdi, bitta jang bekor bo'ldi
Oqshomning markaziy jangida yarim engil vazn toifasining amaldagi chempioni Aleks Volkanovski o'z kamarini Diego Lopesdan himoya qilishga urinib ko'radi. Bugun turnir ishtirokchilari janglar oldidan vazn o'lchash marosimida qatnashishdi.
Volkanovski tarozida 65,54 kg, Lopes esa 65,77 kg vazn qayd etdi. Kardni ochib beruvchi jang bekor qilindi. Aaron Tau o'ta engil vazn toifasi uchun belgilangan meyorni bajara olmadi - 58,51 kg. Uning mo'g'ulistonlik raqibi Namsray Batbayar esa 57,15 kg tosh bosdi.
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarim engil vaznda chempionlik kamari uchun: Aleksandr Volkanovski (65,54 kg) vs Diego Lopes (65,77 kg)
Engil vaznda: Den Xuker (70,64 kg) vs Benua Sen-Deni (70,64 kg)
Engil vaznda: Rafael Fiziev (70,53 kg) vs Maurisio Ruffi (70,42 kg)
Og'ir vaznda: Tay Tuivasa (120,42 kg) vs Tallison Teysheyra (117,48 kg)
Engil vaznda: Kuillan Salkilld (70,53 kg) vs Djeymi Mallarki (70,53 kg).
Prelim kard:
Yarim og'ir vaznda: Junior Tafa (93,09 kg) vs Billi Elekana (92,53 kg)
O'rta vaznda: Kemeron Rouston (83,68 kg) vs Kodi Brandeyj (83,8 kg)
O'rta vaznda: Jeykob Malkun (84,25 kg) vs Torrez Finni (84,25 kg)
Yarim o'rta vaznda: Jonatan Mikallef (77,22 kg) vs Oban Elliott (76,99 kg).
Boshlang'ich prelim kard:
Yarim engil vaznda: Kaan Ofli (65,88 kg) vs Yija (65,99 kg)
UFC Road turniri finallari:
Engil vaznda: Sangvuk Kim (70,64 kg) vs Dom Mar Fan (70,19 kg)
Yarim engil vaznda: Keyichiro Nakamura (65,88 kg) vs Sebastyan Szalay (66,11 kg)
Eng engil vaznda: Sulanrangbo (61,57 kg) vs Lourens Lui (61,34 kg)
O'ta engil vaznda: Aaron Tau (58,51 kg)* vs Namsray Batbayar (57,15 kg).
* Aaron Tau belgilangan vazn meyorini bajara olmagani uchun jang bekor qilindi.
Fikrlar