01 fev 08:42
Yangiliklar
UFC 325 turnirining prelim kard barcha jang natijalari bitta xabarda
UFC 325 oqshomining prelim kard janglari ortda qoldi. Asosiy jang yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni, kelib chiqishi makedoniyalik, hozirda Avstraliya sharafini himoya qilayotgan Aleksandr Volkanovski hamda reytingda ikkinchi o'rinni egallab turgan braziliyalik Diego Lopes o'rtasida o'tkaziladi.
UFC 325 prelim kard natijalari:
Billi Elekan Junior Tafani sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga taslim etdi — 2-raund, 3:18
Kem Rouson Kodi Brandijni texnik nokautga uchratdi (zarba) — 2-raund, 4:08
Jeykob Malkaun Torrez Finnini hakamlarning qaroriga engdi (30–27, 30–26, 30–26)
Jonatan Mikallef Oban Elliottni texnik sabmishn (ortdan bo'g'ish) hisobiga yutdi — 2-raund, 3:31
Kaan Ofli CHja Yidan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi (29–28, 28–28, 29–28)
Dom Mar Fan Son Uk Kimni ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30–27, 30–27, 30–27)
Keyichiro Nakamura Sebastyan Salayani texnik nokautga uchratdi (tizzada zarba) — 3-raund, 3:48
Lourens Lui Sulanga Rangboni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (29–28, 28–29, 29–28)





Fikrlar