01 fev 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 325. Xuker va Sen-Deni o'rtasidagi co-main event jang muddatidan oldin yakunlandi
Avstraliyada UFC 325 turniri o'tkazilmoqda.
Turnirning co-main event jangida avstraliyalik Den Xuker franciyalik Benua Sen-Deniga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raundga mo'ljallangan jang 2-raundda yakunlandi. Aynan ushbu raundda Sen-Deni Xukerni texnik nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Xuker engil vazn toifasida 6, Sen-Deni esa 8-o'rinni egallab turibdi. Ushbu jangdan so'ng Sen-Deni reytingda ko'tarilib oladi. O'z navbatida Xuker esa yaxshigina "sho'ng'iydi".
Markaziy jangda yarim engil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovski Diego Lopesga qarshi revansh jangini o'tkazadi.



Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar