08 mar 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 326 turniri bonuslari qaysi jangchilarga nasib etdi?
Bugun tongdda Las-Vegas shahrida UFC'ning navbatdagi raqamlangan turniri o'tkazildi.
"T-Mobile Arena" inshooti mezbonlik qilgan musobaqa markaziy bahsida CHarlz Oliveyra Maks Xolloueyni ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub etib, BMF chempioniga aylandi.
SHunday bo'lsa-da, markaziy jang ishtirokchilari bonusga loyiq ko'rilmadi.
Tashkilotchilar qaroriga ko'ra, Dryu Dober, Rodolfo Bellato, Alberto Montes va Gregori Rodriges o'z gonorarlaridan tashqari 100 ming AQSH dollari miqdorida mukofot pulini olishadi.
Dober turnir doirasida Maykl Jonsonni, Rodolfo Bellato Lyuk Fernandesni, Alberto Montes Rikki Tursiosni, Gregori Rodriges esa Bruno Ferreyrani muddatidan avval engdi.




Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar