07 mar 08:43
Yangiliklar
UFC 326 turniri ishtirokchilari taroziga chiqdi. Bitta jang bekor qilindi
UFC 326 turniri ishtirokchilari tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Asosiy jang engil vazn toifasida amerikalik Maks Xollouey hamda braziliyalik CHarlz Oliveyra o'rtasida o'tkaziladi. Maks ertangi jangda o'ziga tegishli BMF kamarini himoya qiladi. Xedlaynerlar belgilangan vazn meyorini bajarishdi – amerikalik 70.31 kg (155 funt), braziliyalik esa 70.76 kg (156 funt) tosh bosdi.
Oqshomning co-main event jangi braziliyalik Kayo Borralo (84.37 kg) hamda niderlandiyalik Rene de Ridder (84.14 kg) o'rtasida kechadi. Turnir kardidan o'rin olgan koreyalik CHon Yon Li belgilangan vaznni qila olmadi va buning natijasida uning Gaston Bolanosga qarshi o'tkazishi kerak bo'lgan jangi bekor qilindi. Li tarozi marosimidan keyin o'zini yomon his qila boshlagan.
UFC 326 turniri tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Maks Xollouey (70.31 kg) – CHarlz Oliveyra (70.76 kg)
Kayo Borralo (84.37 kg) – Rene de Ridder (84.14 kg)
Rob Font (61.69 kg) – Raul Rosas Junior (61.46 kg)
Dryu Dober (70.76 kg) – Maykl Jonson (70.53 kg)
Gregori Rodriges (84.37 kg) – Bruno Ferreyra (83.46 kg)
Prelim kard janglari
Kodi Garbrendt (61.69 kg) – Syao Lun (61.46 kg)
Kodi Brandeydj (84.14 kg) – Donte Jonson (84.14 kg)
Alberto Montes (66 kg) – Rikki Tursios (66.22 kg)
Kodi Dyorden (56.93 kg) – Nyamjargal Tumendemberel (56.93 kg)
Erta prelim kard janglari
Xesus Agilar (56.93 kg) – Su Mudaerdji (57.15 kg)
Diyar Nurgojay (93.21 kg) – Rafael Tobias (92.53 kg)
Gaston Bolanos (66 kg) – CHon Yon Li (tarozidan o'ta olmadi)
Rodolfo Bellato (92.76 kg) – Lyuk Fernandes (92.99 kg)

Fikrlar