19 fev 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 326 turnirining yana bir jangi elon qilindi
7 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tadi.
Promoushen matbuot xizmati tomonidan oqshomning yana bir qiziqarli jangi elon qilindi. Yanvar oyida Aleksandr Ernandesga qarshi jangi shubhali stavkalar tufayli bekor qilingan Maykl Jonson vatandoshi Dryu Doberga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, 39 yoshli Maykl Jonson o'tgan yilning iyul oyida Daniel Zellxuber ustidan hakamlarning yakdil qarori evaziga g'alaba qozonib, ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. 37 yoshli Dryu Dober oktyabr oyida Kayl Prepolekni uchinchi raundda texnik nokaut evaziga yutib, uchta mag'lubiyatli seriyasini yopib ketgandi. Bungacha Dober Renato Moykanoga ochkolar, Jan Silva va Manuel Roberto Torresga texnik nokaut bilan yutqazgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar