05 apr 07:53
Yangiliklar
UFC 327 turniri Temirov vaznidagi chempionlik jangidan mahrum bo'ldi
Bunga eng engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Joshua Vanning olgan jarohati sabab bo'ldi. U kelasi hafta shu kuni yaponiyalik davogar Tacuro Tayraga qarshi jagda o'z kamarini himoya qilishi kerak edi.
Tashkilot vakili Las-Vegasdagi UFC Fight Night 272 turniri translyaciyasi vaqtida chempionlik jangi qoldirilganini rasman elon qildi. Ramazon Temirov vaznidagi ushbu chempionlik jangi xuddi shu maqomda UFC 328 turniri kardiga ko'chirildi va 9 may kuni Nyuarkda bo'lib o'tadi.
Myanma vakili bo'lgan Joshua Van o'tgan yilning dekabr oyida braziliyalik Aleksandra Pantojaga qarshi jangda omad tufayli chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. O'shanda Pantoja jang avvalidayoq noqulay yiqilishi natijasida qo'lidan jarohat olgan va jang to'xtatilib, texnik g'alaba Vanga taqdim etilgandi. Yaponiyalik Tacuro Tayra aynan o'sha turnirda meksikalik Brendon Morenoni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratib, chempionlik kamari uchun davogarga aylangandi.

Fikrlar