04 jan 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 327'ga yulduzli kard yig'ilmoqda: Proxazka ham shu turnirda oktagonga chiqadi
12 aprel kuni AQSHning Mayami shahrida MMA bo'yicha UFC 327 turniri tashkil etiladi.
Xorij matbuotida malum qilinishicha, turnir doirasida yarimog'ir vazn toifasining chexiyalik sobiq chempioni Irji Proxazka Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulbergga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, 33 yoshli Proxazka faoliyati davomida hozirgacha 38 ta jang o'tkazib, 32 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 35 yashar Karlos Ulberg hisobida esa 13 g'alaba hamda 1 mag'lubiyat bor.
Avvalroq, turnir doirasida Islam Maxachev, Jek Della Maddalena, Dominik Reyes kabi atletlar ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar