30 iyu 10:43
Yangiliklar
UFC 330 turniri yana bir jangini yo'qotdi
Bir muddat avval UFC 330 turniri kardidan Erin Blenchfild va Jasmin Yasudavichus o'rtasidagi davogarlik jangi echilgandi. Oradan bir hafta o'tib, amerikalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Jeff Nil ham musobaqada ishtirok etmasligi malum bo'ldi. Natijada uning hamyurti CHidi Njokuani raqibsiz qoldi.
Ayni damda tashkilot matchmeykerlari Njokuani kardda qoldirish uchun unga yangi raqib izlamoqda. Bu haqda taniqli sport insayderi Marsel Dorff xabar berdi. Nilning jangdan nima sababdan voz kechgani haqida hozircha hech qanday malumot yo'q.
Jeff Nil joriy yilning fevral oyida so'nggi beshta jangidagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi (Urosh Medichdan birinchi raundda nokaut bilan engilgan). CHidi Njokuani ham ketma-ket ikkita jangda mag'lubiyatga uchragandi: u Jeyk Metyusga bo'g'ish usuli bilan, Karlos Lealga esa hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan.
Agar o'rniga yangi raqib topilmasa, 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan turnir kardida o'n bitta jang qoladi. Ularning orasida asosiy voqea – yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi: Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi to'qnashuvdir.

Fikrlar