29 apr 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Abu-Dabidagi turnir rasman tasdiqladi
UFC tashkiloti rasman 7 sentyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 242 oqshomi o'tkazilishini tasdiqladi.
"BAAdagi UFC oqshomida ko'plab yulduzlar ishtirok etishadi. Biz Abu-Dabi shahri rahbarlari bilan 5 yillik shartnoma imzoladik. Guvohi bo'lganingizdek, video-rolikda Xabib Nurmagomedov, Dastin Pore, Israel Adesanya, Robert Uittaker, Jon Jons, Daniel Korme, Fransis Ngannu, Genri Sexudo kabi UFC yulduzlari ko'rinish bergan", - dedi UFC prezidenti Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, 7 sentyabr kungi UFC oqshomining markaziy jangida engil vazn toifasining haqiqiy chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar