25 jan 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC afsonalaridan biri Toni Fergyuson ham yangi Ligada jang qiladi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Toni Fergyuson Global Fight League bilan kelishuvga erishdi.
Bu haqda GFL axborot xizmati xabar tarqatdi.
Ammo Tonining UFC'dagi keyingi faoliyati bo'yicha malumotlar yo'q. "El-Kukuy"ning GFL'da yarimo'rta vazn toifasida bahs olib borishi aytilmoqda.
Toni Fergyuson faoliyati davomida hozirga qadar 30 ta jang o'tkazib, 23 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan. Avvalroq, GFL o'zbekistonlik to'rt nafar sportchi — Amirxon Alixo'jaev, Humoyun To'xtamurodov, Muhiddin Mamajonov va Saidyoqub Qahramonov bilan shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar