29 apr 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC antirekordchisi Makgregorga qarshi jangini esga oldi
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Joze Aldu Konor Makgregorga qarshi jangini yodga oldi.
“Hech bir sportchi jangga mag'lub bo'laman deb chiqmaydi, ayniqsa o'sha jang singari. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham bu sport. barchaning imkoniyatlari 50:50. G'alaba va mag'lubiyat doim yonma-yon keladi. Konorga qarshi jangga juda jiddiy tayyorgarlik olib borgandim, men bundan mag'lubiyatni kutmagandim”,-dedi Aldu.
Eslatib o'tamiz, Aldu va Makgregor o'rtasidagi jang 2015 yilda to'qnash kelgan. O'sha to'qnashuvda Aldu raqibiga 13 soniyada mag'lub bo'lgandi. Bu mag'lubiyat UFC chempionlik janglari orasida eng kam davom etgan bahs sifatida tarixga kirgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar