06 may 18:05
Yangiliklar
"UFC Aspinallga nisbatan adolatsiz yo'l tutdi" - Volkov
"Rostini aytsam, men hammasidan ham ko'p Tom Aspinall uchun xafa bo'ldim. U UFC uchun juda ko'p ish qildi, ko'p janglar o'tkazdi, ajoyib seriyaga ega bo'ldi. Men ham undan hayratda qolgandim. U bilan jang qilganman — juda kuchli.
Hozir esa Siril Gan bor — u aslida menga yutqazgan. Bu fakt, hamma ko'rgan. Keyin u chempionlik uchun jang qildi, chempionni jarohatladi — uni diskvalifikaciya qilish kerak edi. Ammo UFC unga yana bir titul jangini berdi.
Gan menga yutqazdi, keyin Aspinallni jarohatladi. Bu jiddiy jarohat — u sportga qaytib keladimi-yo'qmi, nomalum. Endi esa Oq uy oldidagi jang va Pereyraga qarshi eng katta imkoniyat berilmoqda. Bu chempionga nisbatan adolatsizlik.
Men o'z yo'limdaman, titul sari ketayotganimni bilaman. Ammo Tomchi? U chempion edi va omadsiz jarohat tufayli barchasini yo'qotdi", — dedi Volkov MMA Fighting’ga.
Fikrlar