28 iyu 00:35
Yangiliklar
UFC Baku. Nursulton Ro'ziboev bonus qo'lga kiritmadi, lekin gonoraridan tashqari qo'shimcha yaxshigina pulga ega chiqadigan bo'ldi
Musobaqada o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev Rossiya vakili Andrey Pulyaevga qarshi bahs olib borib, birinchi raundda sabmishen orqali muddatidan avval zafar quchdi.
Tashkilotchilar 100 ming AQSH dollari miqdoridagi bonus pullari qaysi jangchilarga ajratilishini malum qildi. Unga ko'ra, ozarbayjonlik Rafael Fiziev, qozog'istonlik Asu Almabaev, Turkiya vakili Abdul-Rahman Yaxyoev hamda ukrainalik Daniil Donchenko UFC'ning kafolatlangan gonorardan tashqari, 100 ming AQSH dollari miqdorida bonusiga ega chiqdi.
Biroq, turnirda muddatidan avval g'alaba qozongan, vazn o'lchash marosimidan muammosiz o'tgan barcha jangchilarga yana qo'shimcha 25 ming dollar bonus to'lanadigan bo'ldi. Bu holatda o'z jangini muddatidan avval yakunlagan Nursulton Ro'ziboev ham qo'shimcha bonusni qo'lga kiritdi.
Fikrlar