06 may 09:49
Yangiliklar
UFC Boku turnirining co-main event jangi ham tasdiqlandi + POSTER
Promoushen matbuot xizmati tomonidan Boku UFC oqshomining muhimligi jihatidan ikkinchi jangi elon qilindi. Rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili SHarabutdin "SHara Bullet" Magomedov (16–1) co-main event jangida braziliyalik Mishel Pereyra (32–14)ga qarshi oktagonga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Boku turniri doirasida o'rta vazn toifasidagi hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqadi.
UFC Baku turnirining hozirgacha tasdiqlangan to'liq kardi:
Engil vazn: Rafael Fiziev – Manuel Torres
O'rta vazn: SHara Magomedov – Mishel Pereyra
O'rta vazn: Marvin Vettori – Ismail Naurdiev
O'rta vazn: Brunno Ferreyra – Ikram Aliskerov
Eng engil vazn: Asu Almabaev – CHarlz Jonson
O'rta vazn: Mixal Oleksiychuk – Abusupyan Magomedov
Og'ir vazn: Rizvan Kuniev – Tayrell Forchun
O'rta vazn: Nursulton Ro'ziboev – Andrey Pulyaev
Yarim og'ir vazn: Julius Uoker – Abdul-Raxman Yaxyayov
O'ta engil vazn: Bekzat Almaxan – Jan Macumoto
Yarim o'rta vazn: Daniil Donchenko – Andreas Gustafsson
Engil vazn: Nazim Sadixov – Mateus Kamilu

Fikrlar