02 avg 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Bisping Tvitter orqali janggi rozilik berdi
Aralash qoidalar bo'yicha o'rta vazn toifasida UFC chempioni Maykl Bisping navbatdagi jangiga Tvitter tarmog'i orqali javob berdi.
Bisping yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Daniel Korme bilan jang o'tkazishga rozilik bergan.
“Men Bisping bilan istalgan vaqtda jang qilishga tayyorman. Uni ko'rib qolsam, zalga olib kirib do'pposlayman va bu jarayonni videoga olaman”, - deya bundan bir necha kun avval fikr bildirgandi Korme.
O'z o'rnida Bisping bunga o'z javobini berdi.
“Senga bu borada omad tilayman. Istalgan paytda, istalgan joyda sen bilan jang qilishga tayyorman”, - dedi Maykl.
Eslatib o'tamiz, har ikki jangchi ham Fox Sports1 telekanalida sharhlovchi va boshlovchilik qilishadi.
Havola :
Fikrlar