24 dek 09:38
Yangiliklar

UFC chempioni: Engil vaznda menga munosib raqib yo'q!
Nunes 30 dekabr kuni o'rta vaznda UFC chempioni Kris Sayborgga qarshi birlashtiruvchi chempionlik kamari uchun jangda oktagonga chiqadi. G'olib jangchi qiz ikki vaznda UFC chempioniga aylangan ilk sportchi nomini qo'lga kiritadi.
“Hozir mening vazn toifamda munosib raqib yo'q. SHu boisdan ham bitta yuqorida turgan vazn chempioniga qarshi oktagona chiqyapman. CHempionlik kamarimga davogarlar esa jarohat olgan”, - dedi Nunes.
Eslatib o'tamiz, Amanda Nunes 2016 yilda Misha Teytni birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratib, hozir ega bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. U Ronda Rouzi, Valentina SHevchenko va Rakel Penningtonni mag'lub etib, uch bor chempionlik kamarini himoya qilgan.
Fikrlar