25 apr 13:37
Yangiliklar
UFC chempioni Jon Jons qaytganini elon qildi + FOTO
Jons jarohati sababi o'tgan yilning noyabr oyida Stipe Miochichga qarshi jangda oktagonga chiqa olmagan edi. Amerikalik chempion zalga qaytib, mashg'ulotlarni boshlaganini aytdi.
"Jarohatdan keyingi mashg'ulot zalidagi birinchi kun. O'zimni ajoyib his qilyapman. Muhimi, boshlab oldim, - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Jons.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons va Stipe Miochich o'rtasidagi jang 2023 yilning 11 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi UFC 295 turnirining markaziy bahsi bo'lishi kerak edi. Bekor bo'lgan jang o'rnida britaniyalik Tom Aspinall birinchi raundning o'zida rossiyalik Sergey Pavlovichni nokautga uchratib, vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
UFC tashkilotining rejasiga ko'ra, Jons yozda Miochich bilan qoldirilgan jangini o'tkazishi kerak. Aspinall esa 27 iyul kuni Manchester shahrida tashkil etiladigan UFC 304 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini himoya qiladi.
Fikrlar