15 dek 13:51
Yangiliklar
UFC chempioni Joshua Van Manel Kapening chaqirig'iga javob berdi
Myanmalik aralash yakkakurash ustasi kecha tongda Brendon Royvalni mag'lub etgan portugaliyalik Manel Kapening chorlovini qabul qildi. U fevral oyidayoq oktagonni bo'lishishga chaqirgan Kapega qarshi o'z kamarini himoya qilishga tayyor.
CHempionning so'zlariga ko'ra, u ushbu jangni 21 fevral kuni Xyustonda - aynan Joshua Van yashaydigan shaharda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 267 turnirida o'tkazmoqchi.
"Xyuston, Texas, Manel Kape. Keling, buni amalga oshiramiz! So'z isboti bilan", - deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Joshua bo'lajak raqib va tashkilotga murojaat qilib.
Ayni paytda UFC Fight Night 267 turnirining asosiy voqeasi o'rta vazn toifasida SHon Striklend va Entoni Ernandes o'rtasidagi jang deb elon qilingan. Ammo dunyoning eng kuchli ligasi raqamsiz turnirlarda chempionlik janglarini o'tkazish tajribasiga ega. SHuning uchun ham nazariy jihatdan bu scenariyda imkonsiz narsaning o'zi yo'q.
Joshua Van bir hafta oldin eng engil divizionning yangi chempioniga aylangandi. Uning Aleksandr Pantojaga qarshi jangi 26-soniyadayoq yakunlangan edi. Bunga braziliyalikning noqulay tarzda yiqilishi natijasida tirsagini shikastlab olgani sabab bo'lgandi.

Fikrlar