17 apr 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC chempioni Karlos Ulberg muvaffaqiyatli operaciya qilindi + FOTO
Yangi chempionning kutilganidan ham uzoqroq muddatga safdan chiqqani oydinlashdi.
Karlos Ulberg Mayamidagi UFC 327 turnirida Irji Proxazkani nokautga uchratib, bo'sh turgan yarim og'ir vazn chempionlik kamarini qo'lga kiritganidan besh kun o'tib, jangda orttirib olgan tizzasida jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
"Tizza operaciyasi yakunlandi" deb yozdi yangi zelandiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqda kasalxonada olingan suratni elon qilib. Jarrohlik amaliyoti Las-Vegasda o'tkazildi.
Ulbergning tizzasi qanchalik jiddiy shikastlangani va tiklanish qancha vaqt olishi hozircha nomalum. Dastlabki barcha belgilar jangchi tizzasining oldingi xochsimon bog'lamasini shikastlaganini va bir yilgacha safdan chiqishi mumkinligini ko'rsatdi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar