16 fev 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Maks Xollouey Fergyusonni kamar uchun jangga chorladi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Maks Xollouey engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun davogarlar safidan joy oldi.
Maks UFC rahbarlariga murojaat qilib, ushbu chempionlik kamari uchun Toni Fergyusonga qarshi jang o'tkazishga tayyor ekanligini oshkor etdi.
“Toni Fergyuson mening jang uslubimni o'zlashtirib olishga urinayotgan sportchilardan biri. Men u bilan jang qilishga tayyorman”, - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Maks.
Xollouey xatto ushbu jang 13 aprel kuni UFC 236 turniri doirasida o'tkazilishi ham qo'shimcha qilgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar