31 jan 12:05
Yangiliklar
UFC chempioni Pyotr Yan yarim yilga safdan chiqdi
Bu haqda MMA Junkie nashriga bergan intervyusida engil vazn toifasida amaldagi UFC chempionining menejeri Denni Rubinshteyn malum qildi.
Yaqinda belini operaciya qildirgan Pyotr Yan endi yaqin yarim yil ichida oktagonga chiqmaydi.
"Uning bel qismida kichik jarrohlik amaliyoti bo'lgan - u bu muammo bilan Merab bilan jangga ham chiqqan. U iyulda tayyor bo'ladi", - dedi Rubinshteyn.
Bu rossiyalik jangchining 14 iyunga belgilangan Oq uydagi UFC bayram turnirida ishtirok etmasligini bildiradi. Yaqinda bergan intervyusida Pyotr Yan keyingi jangida o'tgan yilning dekabr oyida chempionlik kamarini tortib olgan Merab Dvalishvili bilan trilogiyani yakunlashini malum qilgandi.
Kamarini qaytarib olgan 32 yoshli rossiyalik vazn toifasidan qati nazar tashkilotning eng yaxshi jangchilari reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar