07 iyu 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi
Og'ir vazn toifasidagi UFC chempioni Frensis Ngannu Tayson Fyuriga qarshi jang qilishga tayyor.
"Men Mayk Tayson bilan jang qilishni xohlamayman, lekin Tayson Fyuri singari yana bir og'ir vaznli bokschiga qarshi jang qilmoqchiman. Men bunga tayyorman. Boks tushish mening asosiy orzuim, va ishonamanki, qachondir bu yo'nalishda qadam tashlayman”, - deya Frensis Ngannuning so'zlaridan iqtibos keltiradi Mirror.
Avvalroq, Fyuri Deontey Uaylder va Entoni Joshua bilan janglardan so'ng Ngannu bilan jang qilishini aytgandi.
Tayson Fyuri - Deontey Uaylder o'rtasidagi trilogiya 24 iyul kuni Las-Vegasda (Nevada, AQSH) bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar