06 jan 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempionining navbatdagi raqibi va jang sanasi malum!
Aralash qoidalar bo'yicha yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons o'zining navbatdagi jangini bahor faslining ikkinchi kuni o'tkazadi.
Jons 2 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 235 turnirining markaziy jangida Entoni Smitga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Jons 29 dekabr kuni shveciyalik Aleksandr Gustafssonni nokautga uchratgan edi. O'n besh oylik diskvalifikaciyasini o'tab qaytgan Jons uchinchi bor yarim o'rta vaznda jahon chempioniga aylangandi.
Entoni Smit esa o'tgan yili yarim og'ir vazn toifasiga o'tdi. Bir yil ichida uchta jang o'tkazgan Smit raqiblari Rashad Evans, Maurisio Rua va Volkan Ozdemirlarni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Fikrlar