16 noy 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Dias uzoq tanaffusdan so'ng oktagonga chiqadi
Amerikalik aralash qoidalar jangchisi Nik Dias navbatdagi jangini 2 mart kuni o'tkazadi.
Uning navbatdagi raqibi 34 yoshli Xorxe Masvidal bo'ladi.
Jang UFC 235 turniri doirasida Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Bu Nik Dias uchun to'rt yillik tanaffusdan keyingi dastlabki jang bo'ladi. U so'nggi marotaba 2015 yilda Anderson Silvaga qarshi jang o'tkazgan va ochkolar hisobiga mag'lub bo'lgandi.
SHundan so'ng, uning qonidan taqiqlangan moddalar topilgan va u besh yilga chetlatilgandi. Biroq, appelyaciyadan so'ng ushbu muddat 18 oyga qisqartirilgandi.
Havola :
Manba : ESPN US
Fikrlar