09 may 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Donald Serrone ishtirokidagi jang texnik nokaut bilan tugadi
Las-Vegas shahrida UFC Vegas 26 turniri yakuniga etdi.
Turnir doirasidagi janglardan birida amerikalik ikki sportchi Aleks Morono va Donald Serrone o'zaro to'qnash keldi.
Jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Aleks Morono raund yakuniga etib borayotgan bir paytda ketma-ket zarbalar uyushtirdi. Serrone esa ushbu vaziyatda passiv himoyaga tushib qoldi. Hakam esa bunday holatda jangni to'xtatdi.
SHu tariqa Morono texnik nokaut evaziga Serroneni mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar