07 fev 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC egasi Oq uydagi turnir uchun kard hozirning o'zida ishlab chiqilayotganini malum qildi
UFC’ga egalik qiluvchi TKO Group Holdings kompaniyasining bosh direktori Ari Emanuel 14 iyun kuni Oq uyda bo'ladigan UFC turniri uchun kard shakllantirish ishlari ayni paytda olib borilayotganini malum qildi.
Bu haqda u The Pat McAfee Show efirida xabar bergan.
Tashkilotchilar avvalroq Oq uy oldidagi tarixiy UFC turniri 2026 yil yozining eng muhim voqealaridan biri bo'lishini elon qilgan edi. Hozircha kard ishtirokchilari aniq aytilmagan, ammo avvalroq Jastin Getji, Iliya Topuriya, Maykl CHendler va boshqa top-jangchilarning ishtiroki bo'lishi haqida xabarlar chiqqan.
Oq uydagi UFC turniri 2026 yil 14 iyun sanasiga rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : The Pat McAfee Show
Fikrlar