28 noy 17:55
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Engil vazn toifasi baribir olib tashlanadimi?
UFC prezidenti Dana Uaytning qayd etishicha, engil vazn toifasi promoushenda kutilganidek muvaffaqiyatga erisha olmadi.
"Dillashou engil vaznda xech nima qila olmaydi. Bu divizion shunchaki muvaffaqiyatsiz chiqdi.
Xattoki Demetrius Jonsondek chempion bilan ham kuchayib keta olmadi. Men uzoq vaqt divizionni saqlab qolishga, qo'llab-quvvatlashga harakat qildim. Bu hozir ham davom etmoqda. Hozircha divizionda janglar bor, ko'ramiz nima bo'lar ekan", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFCda engil vazn toifasini olib tashlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar