21 avg 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC etakchilaridan biri nega "Bellator"ga o'tganini aytdi
Sobiq UFC etakchilaridan biri Kori Anderson tashkilotdan ketishiga asosiy sabab pul bilan bog'liq masala ekanligini malum qildi.
“Bizning sportda juda katta tavakkal qilishga to'g'ri keladi. Jang davomida jiddiy jarohat olishing mumkin. UFC kabi Bellator'da ham kamarga ega bo'lishing mumkin. Lekin har ikki tashkilot ham sportchilariga ikki xil munosabat bildiradi.
Bittasida boshqa hech qanday kompaniyalar bilan shartnoma imzolay olmaysan, ikkinchisida esa aksincha. Bittasi iloji boricha kamroq pul berishga harakat qilsa, ikkinchisi mehnatingga yarasha haq to'laydi. Mana nima sabab...“, - degan Kori.
Malumot uchun, Kori yarim og'ir vaznda UFC reytingining to'rtinchi pog'onasidan joy olgandi. U UFC'da 2014 yildan beri faoliyat olib borgan va shu vaqt oralig'ida 15 ta jang o'tkazib, o'ntasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar