23 mar 14:52
Yangiliklar

UFC Fight Night 148: Asosiy jang ishtirokchilari taroziga chiqishdi
Turnirning asosiy jangida Stiven Tompson Entoni Pettisga qarshi oktagonga chiqadi. Jang oldidan odatga ko'ra sportchilar taroziga chiqishdi. Vazn o'lchash marosimida Entoni Pettis 171 funt, uning raqibi Stiven Tompson esa 170,5 funt (raqibidan 0,5 funt og'irroq) tosh bosdi.
Stiven Petersonga qarshi jang qiladigan Luis Penya belgilangan meyorni bajara olmadi. SHunga qaramay ushbu jang bo'ladi. Biroq, u 30 foiz gonoraridan mahrum bo'ladi.
Turnir davomida o'tkaziladigan boshqa janglar:
Stiven Tompson (170,5 funt) - Entoni Pettis (171 fun)
Kyortis Bleyds (262) - Jastin Uillis (266)
Jon Makdessi (154,5) - Xesus Pinedo (155,5)
Jyusser Formiga (126) - Deyveson Figeyredo (126)
Luis Penya (148,5) - Stiven Peterson (146)
Meysi Barber (126) - Jey Jey Oldrich (125).
Fikrlar