27 fev 11:13
Yangiliklar

UFC Fight Night 202 turnirining barcha natijalari + FOTOGALEREYA
Etiboringizga UFC Fight Night 202 turnirining barcha natijalarini havola etamiz. Oqshomning markaziy jangida Islam Maxachev amerikalik Bobbi Grinni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Bu rossiyalik aralash yakkakurash ustasining qatorasiga qozongan o'ninchi g'alabasi bo'ldi.
UFC Fight Night 202 turnirining muhimligi jihatidan ikkinchi jangida o'rta vazn toifasi vakili, latviyalik Misha Cirkunov braziliyalik Vellington Turmanga ikkinchi raundda texnik nokaut bilan yutqazdi. Bu uning ketma-ket qabul qilib olgan uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. Aslida Cirkunov bugungi jangida Mahmud Muradovga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Lekin hamyurtimiz qo'lidan jarohat olgani uchun Mishaning raqibi o'zgargandi.
Yana bir rossiyalik sportchi Arman Carukyan ispaniyalik Yoel Alvaersni ikkinchi raundda xuddi Islam kabi parterdagi javobsiz zarbalar evaziga mag'lub etdi. Yarimog'ir vaznda AMC Fight Nights promousheni chempioni Armen Petrosyan hakamlarning qarori bilan Gregori Rodrigesdan ustun keldi.
SHuningdek, bugungi oqshomda Ignasio Baxamondes, Terrens MakKinni, Ramiz Braximay, Priscila Kechoeyra, Josien Nunes, Jonatan Martinez va Karlos Ernandes navbatdagi g'alabalarini tantana qilishdi.
Fikrlar