20 mar 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 204. Biryo'la 9 nafar jangchiga bonus berildi
Londonda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 204 turnirida o'zini ko'rsata olgan jangchilarga qo'shimcha 50 ming dollar miqdorida bonus berildi.
Unga ko'ra, turnir davomida muddatidan oldin g'alaba qozongan barcha 9 nafar jangchi qo'shimcha pulga ega bo'ladi. Ular Tom Aspinall, Arnold Allen, Peddi Pimblett, Molli MakKen, Iliya Topuriya, Makvan Amirxani, Sergey Pavlovich, Pol Kreyg va Muxammad Mokaevlar yana qo'shimcha 50 ming dollardan olishadi.
Eslatib o'tamiz, kechaning markaziy jangida britaniyalik Tom Aspinall rossiyalik Aleksandr Volkovni birinchi raundda mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar